Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sudlanganlikni olib tashlash uchun murojaat qilish mumkinmi?


Sudlanganlikni olib tashlash uchun murojaat qilish mumkinmi?

 

Sudlanganlik holati tugallanishi – shaxsning tegishli jazoni oʻtab boʻlganidan keyin va belgilangan muddatlar oʻtganidan keyin avtomatik tarzda (oʻz-oʻzidan) barham topishini anglatadi.

Cудланганлик holati quyidagi paytlarda tugaydi:

– shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;

shartli hukm – shaxs jazoni oʻtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan xulosaga kelinganda unga jazoni oʻtamasdan xulqini tuzatishga bir yildan uch yilgacha muddat berish.

– majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;

– jarima toʻlab boʻlingan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin – bir yil oʻtgach (masalan, 100 mln jarima tayinlangan boʻlsa, shu jarima 2024 yil 9 fevralda toʻlab boʻlinsa, 2025 yil 10 fevralda sudlanganlik tugaydi);

ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin – ikki yil oʻtgach;

5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 4 yil oʻtgach;

5 yildan ortiq, lekin 10 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 7 yil oʻtgach;

10 yildan ortiq, lekin 15 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – oʻn yil oʻtgach.

Sudlanganlik tugaganida shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga koʻra sudlangan shaxsning yashash joyidagi sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud yemasligiga oid maʼlumotnoma beriladi.

Sudlanganlikning olib tashlanishi yuqoridagi muddatlarning kamida yarmi oʻtganidan keyin ularning qolgan qismi sud qaroriga asosan tugatilishini anglatadi.

Sudlanganlikni olib tashlash uchun sudlangan shaxsning xulq-atvori yaxshilangan, yaʼni unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilmagan boʻlishi kerak.

Bu holatda tanishingiz sudlanganlikni olib tashlash uchun sudga oʻzi, mahallasi, uning mehnat jamoasi iltimosnoma bilan chiqishi mumkin.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov