Янгиликлар
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad yetilishiga nimalar asos boʻladi?
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad yetilishiga nimalar asos boʻladi?
Baʼzi hollarda oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof yetish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad yetilishi mumkin. Buning uchun quyidagi asoslardan biri mavjudligi sabab boʻladi:
a) ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad belgilangan mezondan oshganda;
b) ariza beruvchi va uning oila aʼzolari yegaligida jami bittadan ortiq koʻchmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud boʻlganda;
v) ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud boʻlganda:
- ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yengil avtotransport vositasi;
- ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, yekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
- jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz boʻlgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, yekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
g) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash yeng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablagʻlari mavjud boʻlganda;
d) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq toʻlash yeng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil yetuvchi qimmatli qogʻozlar mavjud boʻlganda;
ye) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim yetilganda;
yo) Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan taʼminlanganda;
j) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila aʼzosi tomonidan takroriy ariza Nizomning 12-bandida belgilangan tartibga rioya yetilmagan holda taqdim yetilganda (Bunda takroran taqdim yetilgan ariza «Yagona reestr» ATga kiritilgandan soʻng ariza koʻrib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada koʻrsatilgan yelektron manzilga yoki SMS-xabar orqali mobil telefon raqamiga joʻnatiladi);
z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan aʼzolari mavjud boʻlganda;
i) oilaning oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan aʼzosi tomonidan mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad yetilgan hollarda;
k) rasmiy daromad manbalariga yega boʻlmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud boʻlganda.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov