Янгиликлар
Aliment uchun chet yelga chiqishga qoʻyilgan taqiqni olib tashlash tartibi: muhim 6 ta qoida
Aliment uchun chet yelga chiqishga qoʻyilgan taqiqni olib tashlash tartibi: muhim 6 ta qoida
Aliment toʻlovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet yelga chiqish, migrasiya bilan bogʻliq. Bunday hollarda chet yelga chiqishga qoʻyilgan taqiqni alimentni oldindan toʻlash yoki aliment boʻyicha garov shartnomasini tuzish orqali olib tashlash mumkin.
1. Chet-yelga chiqishga taqiqni qanday olib tashlash mumkin?
Sud yoki MIB tomonidan aliment toʻlovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.
Chet yelga chiqishga taqiqni 2 ta usul bilan olib tashlash mumkin:
alimentni oldindan toʻlash;
aliment boʻyicha garov shartnomasini tuzish.
2. Alimentning qancha davrini oldindan toʻlash kerak?
Aliment oldindan 5 yildan kam boʻlmagan muddatga toʻlanishi kerak. Bolalar voyaga yetgunigacha boʻlgan davr 5 yildan kam boʻlsa, alimentlarni oldindan toʻlash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
3. Garov shartnomasi miqdori qancha?
Alimentni toʻlashni garov bilan taʼminlash ham mumkin va bunda garov qiymati BHMning 250 baravari (85 mln soʻm)dan kam boʻlmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, doʻkon, uy-joy, kvartira) garov boʻlishi mumkin.
4. Kimga murojaat qilish kerak?
Alimentni oldindan toʻlash yoki alimentni garov bilan taʼminlash uchun ijro hujjatini bergan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilinadi.
Bunda sudga ijro hujjatini ijro yetish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza beriladi. Ariza namunalarini bu yerda olish mumkin.
Arizaga MIB tomonidan berilgan aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud yemasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qarori ilova qilinishi shart.
Aliment garov bilan taʼminlanganda yesa garov shartnomasi ham ilova qilinishi kerak.
Bundan tashqari, arizada alimentni oyma-oy toʻlab borish uchun toʻsqinlik qiladigan obektiv holatlar koʻrsatiladi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish toʻgʻrisida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq va h.k.).
5. MIB maʼlumotnomani qancha muddatda berishi lozim?
Qarzdorlik mavjud yemasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar miqdorini hisoblash toʻgʻrisidagi qarorini berish toʻgʻrisidagi ariza 7 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish talab yetilganda ariza 15 ish kunida koʻrib chiqilishi mumkin.
Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat davomida amal qiladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi.
6. Garov shartnomasi qanday tuziladi?
Garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanadi.
Aliment 2 oydan ortiq muddatda toʻlanmasa, undiruv garovga qoʻyilgan mulkka qaratiladi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov