Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslarni maxsus qabulxonalarga joylashtirish tartibi.


Muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslarni maxsus qabulxonalarga joylashtirish tartibi.

Sudning ishi koʻrilayotgan shaxsni muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazilariga joylashtirish toʻgʻrisidagi hujjati chiqqanidan keyin  muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxs reabilitatsiya markaziga tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xodimlari tomonidan keltiriladi. Ushbu xodim kasariyat hollarda Profilaktika inspektorlari boʻlishi ham huquqiy tomonlama, ham real amaliyotda ham toʻgʻri boʻladi. chunki, sudgacha hujjatlarni yuritish aynan hudud huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan yuritiladi. Reabilitatsiya markazi tomonidan muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslar tunu-kun qabul qilib olinishi taʼminlanadi. Muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga qabul qilinish jarayonida ularning fotosuratlari va barmoq izlari olinib roʻyxatga qoʻyiladi, shaxsiy va tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, ashyolari va buyumlari koʻzdan kechiriladi hamda kiyimlari va buyumlari dezinfeksiya qilinadi. Bu qoida saqlanayotgan shaxslarning xavfsizligi, salomatligi, tinchligi, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishlarini oldini olish maqsadida kiritilgan boʻlib, ushbu harakatlar muassasa xodimlari tomonidan, olib kelingan shaxslar bilan bir xil jinsdagi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Fotosuratlar va barmoq izlarining olinishi sodir boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tomonidan reabilitatsiya markazlarining soʻrov xatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomasini yozish boʻlimi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga soʻrov xatlari yuboriladi hamda reabilitatsiya markazlarining soʻrov xatlari kelib tushgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay, shaxsning tugʻilganlik haqidagi dalolatnomasidan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining aholini roʻyxatga olish kitobidan koʻchirmalarni ilova qilgan holda javob xatlari yuboriladi.

Fuqarolik pasportini yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining iltimosiga koʻra, ularga vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotnoma beriladi.

Vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotnoma olish uchun reabilitatsiya markazlari navbatchilari tomonidan muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslar oʻzlari haqida bergan tushuntirishlardan kelib chiqib, doimiy roʻyxatda turgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga soʻrov xati yuboriladi. Soʻrov xatiga muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxsning arizasi va shaxsiga doir maʼlumotlar ilova qilinadi.

Soʻrov xatiga asosan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan uch kun muddatda muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxs nomiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotnoma rasmiylashtirilib, reabilitatsiya markaziga yuboriladi.

Bu harakatlar muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslarning kimligini aniqlashga, ularning huquqiy maqomini belgilashga, qolaversa, ularning keyinchalik doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylariga qaytarilish harakatlarini amalga oshirish uchun zaruriy choralar hisoblanadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

 Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarning shaxsi va yashash joyi aniqlanganidan soʻng ular doimiy yashash joylariga joʻnatiladi hamda bu haqida shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay xabardor qilinadi.

Ushbu qoidaning belgilanishi juda muhimdir. Negaki, muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxsni Reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida “qaror” chiqargan sudni ustidan qaror chiqarilgan shaxsning keyingi taqdiri qiziqtirishi zarur. Qolaversa, muayyan yashash joyiga yega boʻlmagan shaxslarning ham barcha Konstitutsiyaviy va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlari taʼminlanishi shart.

Reabilitatsiya markazlarida shaxsi va yashash joyi aniqlangan shaxslarni doimiy yashash joylariga joʻnatish boʻyicha reabilitatsiya markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan qaror qabul qilinib, qaror qabul qilingan paytdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida saqlanayotgan shaxsni doimiy yashash joyiga joʻnatish choralari koʻriladi.

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonslti

A.Abdugʻaffarov