Янгиликлар
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishning protsessual tartibi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishning protsessual tartibi.
Fuqarolik-protsessual kodeksining 300-moddasi talabiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizaga mazkur 300-moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
- farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi;
- farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi;
- farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
- farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
- oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning otaonasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oila kodeksi 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bunda farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi, farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma, farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi ham talab qilinadi. Agar farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa Oʻzbekiston Respublikasi hududida berilgan boʻlsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qoʻyilishi hamda tarjima qilingan boʻlishi haqidagi talablar ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Chet el fuqarolari boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsurti A.A.Abdugʻaffarov