Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Samosud» uchun qanday javobgarlik bor?



«Samosud» uchun qanday javobgarlik bor?


 


Har bir jamiyatda barqarorlik va rivojlanish tartib-intizom, huquqlar va yerkinliklarning taʼminlanganligi, umuman olganda huquqlilikning qaror topgani bilan baholanadi. Azaliy qonuniyat shu.

Jamiyatdagi shaxslarning har qanday harakatlari uchun: huquqbuzarliklar, korrupsiya, hattoki yeng ogʻir jinoyat boʻlmish odam oʻldirish uchun ham unga nisbatan jazo qoʻllash masalasi qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidan qoʻllanilishi kerak.

Qonunlar hech bir shaxsga boshqalarni oʻz bilganicha jazolashiga, yaʼni xalq tilida «samosud» qilishiga, turli koʻrinishdagi taʼsir oʻtkazishiga ruxsat bermaydi. Quyida ayni shu mavzuga aloqador bir qator savollarga javob berib oʻtamiz.

«Samosud» haqida qonunlarda qanday taqiqlar bor?

Qonunchiligimizga koʻra birorta jinoyat qilgan shaxsning xatti-harakatlari sudda, oshkora koʻrilib, sud tomonidan uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor yemas.

Yaʼni Siz kimningdir bevosita qotilligiga oʻz koʻzingiz bilan guvoh boʻlgan boʻlsangiz ham, qonun Sizga u shaxsni jinoyatchi, aybdor deb atashingizga ruxsat bermaydi. Soʻngi soʻzni faqat sud aytadi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ham ularning turi va darajasiga qarab turli idoralar va sudlar tomonidan koʻrib baho beriladi.

«Samosud» uchun qanday javobgarlik bor?

Avvalambor, «samosud» qilganlar oʻz hayoti va sogʻligʻini xatar ostiga qoʻyadi. Har qanday «samosud» uchun xoh u yengil boʻlsin xoh ogʻir – javobgarlik bor.

«Samosud» natijasida koʻp miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yetkazilsa u jinoyat deb baholanadi va BHMning

50 baravarigacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Albatta, bunda jarima yoki boshqa jazolardan tashqari yetkazilgan zarar oʻrnini ham qoplash kerak boʻladi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda «samosud» qilish oqibatida boshqalarning manfaatlariga jiddiy zarar yoki ziyon keltirmaganlik uchun jazo belgilangan.

Bu hali hammasi yemas «Samosud» natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa, unga nisbatan tuhmat, haqorat, tovlamachilik qilinsa Jinoyat kodeksida belgilangan boshqa jazolar ham qoʻllaniladi.

«Samosud» taqiqlanadi, huquqbuzar va jinoyatchilar haqida xabar berishning ham qonuniy, ham foydali usullari bor.

Jinoyat yoki boshqa huquqbuzarliklarga guvoh boʻlganda, vakolatli organlarga, prokuratura (1007), ichki ishlar (102), milliy gvardiya yoki boshqa organlarga murojaat qilish yeng maqbul yechim hisoblanadi.

Jinoyat qilgan shaxsni yuqoridagi organlarga topshirish uchun hokimiyat ushlash vaqtida unga zarar yetkazilishi mumkin, bunda uni ushlash uchun zarur boʻlgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmasligi kerak.

Qonunchilikda ayrim huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qilganlik uchun mukofot puli berish ham alohida belgilangan. Xususan,

– yoʻl harakati qoidalariga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yeJarima portali orqali xabar beriladi va BHMning 5 foizi ;

– daraxt va butalarni noqonuniy kesish va shikastlashga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yekologiya organlariga xabar beriladi va BHMning 1 baravarigacha;

– lisenziyasiz yoki ruxsatnomasiz, xabarnoma yubormasdan shunday hujjatlar talab qilinadigan faoliyat bilan shugʻullanganlik toʻgʻrisida lisenziya, ruxsatnoma berish vakolatiga yega organlarga (masalan, xususiy notariuslar boʻyicha Adliya vazirligiga) xabar beriladi va undirilgan jarimaning 10 foizi;

– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi huquqbuzarlik turidan kelib chiqib BHMning 7 baravarigacha miqdorda;

xarid cheklarni bermasdan tovar sotganlik va xizmatlar koʻrsatganlik toʻgʻrisida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar beriladi va jarimaning 20 foizi miqdorida;

davlat moliyaviy nazoratiga oid qoidabuzarliklar toʻgʻrisida «Davlat auditi» tizimi orqali xabar beriladi va undirilgan jarimalardan kelib chiqib mukofot pullari toʻlanadi.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, jamiyatda muammolarni faqat huquqiy vositalar asosida hal qilish har birimizning huquq va yerkinliklarimizni roʻyobga chiqishiga chinakam zamin yaratadi.


 

Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov