Янгиликлар
Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun qonunchiligimizda qanday javobgarlik mavjud?
Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun qonunchiligimizda qanday javobgarlik mavjud?
Koʻpincha kechki vaqtlarda baʼzi bir shaxslarning baqir-chaqir qilishiga, baland ovozda musiqa qoʻyib fuqarolarning osoyishtaligini buzishiga guvoh boʻlamiz. Xoʻsh, fuqarolarning ushbu harakatlari ham huquqbuzarlik hisoblanadimi?
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 192-moddasiga muvofiq, tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha— fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzadigan harakatlarga yesa, quyidagilar kiradi:
- baland ovoz bilan qoʻshiq aytish;
- musiqa chalish;
- tovush signallari berish;
- xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va yeshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;
- turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish;
- maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir yetish.
Mazkur huquqbuzarlik uchun Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 192-moddasida buning uchun fuqarolargabazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga yesa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigachamiqdorda jarima, shuningdek xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir yetilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdoriningikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga yesa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.
Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov