Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Piyodalar yoʻlagidan oʻtayotganda nimalarni qilish mumkin yemas


Piyodalar yoʻlagidan oʻtayotganda nimalarni qilish mumkin yemas


Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks 138-moddasiga binoan, quyidagi harakatlarni bajarganlik uchun javobgarlik belgilangan:
— piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik; — yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtish;
— piyodalar yoʻlning qatnov qismida telefondan foydalanishi;
— kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilish;

— audiomateriallarni yeshitish;

— eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa yelektron vositalardan foydalanish;
— moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik,
— ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya yetmaslik.

Shuningdek, haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonslti

A.Abdugʻaffarov