Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi


Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi

 

“Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-105-son, 23.07.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra, 2024 yil 1 sentyabrdan ovchilik xoʻjaligini tashkil yetishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:

·ov qilish faqat ovchilik xoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;

·ovchilik xoʻjaliklarini tashkil yetish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga yelektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1️ bosqichda – 10 yil muddatga;

➖investisiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:

2️bosqichda – 10 yil muddatga;

3️ bosqichda – 29 yil muddatga.

Bunda, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror koʻpaytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.

????електрон onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xoʻjaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov