Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Yoʻl harakati qoidalariga oid 6 savolga 6 javob


Yoʻl harakati qoidalariga oid 6 savolga 6 javob


Qonunchiligimizda piyodalarning yoʻlni kesib oʻtishida qanday talablar mavjud?

Qonunchilikka koʻra, piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda:

- telefondan foydalanish;

- kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqish;

- videomateriallarni tomosha qilish;

- audiomateriallarni yeshitish;

- eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa yelektron vositalardan foydalanish;

- shuningdek, yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtish BHMning uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Piyodalar yoʻlni piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida kesib oʻtishda transportlarning harakatlanishiga xalaqit bermasliklari, yaqinlashayotgan transportlarning yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib, koʻrinishni cheklovchi toʻxtab turgan transport yoki boshqa biror toʻsiq panasidan chiqmasliklari kerak.

Piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida transport vositalari harakatlanishining maksimal tezligi qancha yetib belgilangan?

Qonunchilikka koʻra, transport vositalari tezligini:

- aholi punktlarida soatiga 70 kilometrdan;

- maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha boʻlgan masofada 30 kilometrdan;

- turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) soatiga 20 kilometrdan;

- Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat yetiladi.

Qanday transport vositasini boshqarish taqiqlanadi?

Yoʻl harakati qoidalariga koʻra, haydovchiga tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari yonmaydigan, yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagichi ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

Moped va skuterni boshqarishga necha yoshdan ruxsat beriladi?

Mopedni boshqarishga 16 yoshdan ruxsat yetiladi.

Mopedni boshqarish uchun A toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga yega boʻlish talab yetiladi.

Mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yoʻlovchilar maxsus motoshlem taqishlari shart.

Tovushli ishoralar qanday hollarda qoʻllanilishi mumkin?



Qonunchilikka koʻra, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:

- aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun;

- zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.

Boshqa hollarda tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

Shuningdek, tovush signalini sababsiz berish, transportlarga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni oʻrnatish, xuddi shuningdek ularni oʻzgartirib oʻrnatish, BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Avariya (xavf-xatar) ishorasi qanday hollarda yoqilishi kerak?

Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi.

Ushbu ishora quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

- yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

- toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtaganda;

- fara chiroqlari yorugʻligi haydovchining koʻzini qamashtirganda;

- shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida);

- «Bolalarni tashish» taniqlik belgilariga yega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.

Transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.


 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonslti

A.Abdugʻaffarov