Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Meros masalasi asosan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga tayaniladi. Unga koʻra, vorislik vasiyat va qonun boʻyicha amalga oshiriladi.



Meros masalasi asosan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga tayaniladi. Unga koʻra, vorislik vasiyat va qonun boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Meros ochilgan vaqt

Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi. Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxoʻrlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.

Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot yetgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi. Meros qoldiruvchining oʻlgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot yetgan deb eʼlon qilinganda yesa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot yetgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt ҳисоб­ланади.

Meros huquqiga daʼvogar shaxslar

Meros ochilgan paytda hayot boʻlgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tugʻilgan bolalari vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻr boʻladilar. Qolaversa, meros ochilgan paytda tuzilib boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, davlat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham vasiyat boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin.

Qonun boʻyicha merosxoʻrni merosdan mahrum yeish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim yetish huquqi boʻyicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq yetilmaydi.

Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari), yeri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun boʻyi­­cha birinchi navbatdagi voris­lik huquqiga yega boʻladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugʻilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil \

 


Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonslti

A.Abdugʻaffarov