Янгиликлар
Qayta yenergiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer soligʻidan ozod yetiladi
Qayta yenergiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer soligʻidan ozod yetiladi
Qonunchilikka koʻra, umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi yenergiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod yetilishi belgilangan:
ushbu qurilmalar boʻyicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini, yelektr yenergiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda boʻyicha — foyda soligʻini;
uy-joy fondining koʻchmas mulk obektlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini.
Agar qurilmalar oʻrnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam boʻlmagan quvvatni tashkil yetadigan yelektr yenergiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qoʻllaniladi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov