Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Saylov komissiyalari tizimi qanday tuzilgan?



Saylov komissiyalari tizimi qanday tuzilgan?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 11-moddasiga muvofiq saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:

- Markaziy saylov komissiyasi;

- Hududiy saylov komissiyalari;

- Tuman va shahar saylov komissiyalari;

- xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari;

- uchastka saylov komissiyalari.

Xalqimizning irodasi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator normalar oʻz aksini topgan, jumladan, yendilikda:

1) viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari oʻrniga hududiy saylov komissiyalari tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hamda Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalarini tuzish tartibidan voz kechildi hamda ularning vazifalari hududiy saylov komissiyalariga yuklatildi, yaʼni okrug saylov komissiyalari faqatgina xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha tuziladi;

2) saylov komissiyalarining professional tarzda ish olib borishini taʼminlash maqsadida hududiy saylov komissiyalarining uch nafargacha boʻlgan aʼzosi doimiy faoliyat yuritadi;

3) hududiy saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, tuman va shahar saylov komissiyalari yesa hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari ular xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tuzilar yedi).

Shuningdek, okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari ham hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.

Saylov kodeksiga 2021 yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga asosan Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari saylovini oʻtkazish boʻyicha ham okrug saylov komissiyalarini tuzish amaliyoti bekor qilingan va ularning vazifalarini bajarish tegishli tuman, shahar saylov komissiyalari zimmasiga yuklatilgan yedi.

4) saylov okruglarini tuzishga oid qoidalar takomillashtirildi. Saylov kodeksida mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun tuziladigan saylov okruglari sonining yeng yuqori miqdori belgilangan boʻlib, okruglar sonining aniq miqdori koʻrsatilmagan yedi.

Bugungi kunda Saylov kodeksida mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun saylov okruglari tegishli deputatlik oʻrinlarigateng miqdorda tuzilishi, deputatlik oʻrinlari soni yesa aholi sonidan kelib chiqqan holdaaniq belgilab qoʻyildi, saylovchilar roʻyxatining dolzarbligi va aniqligini doimiy ravishda taʼminlash maqsadida saylov okruglari va uchastkalari har 5 yilda bir marta tuzilishi belgilandi.

Saylov komissiyalari va ularning aʼzolari oʻz faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi. Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Masalalarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi. Saylov komissiyalari oʻz faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.

Shu sababli, saylov komissiyasining majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir boʻlishi mumkin.

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga yega, ular qoʻyilgan masalani koʻpi bilan 3 kunlik muddatda koʻrib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.


 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov