Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Fuqarolarning saylov huquqi va kafolatlariHuquq



Fuqarolarning saylov huquqi va kafolatlariHuquq



Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil yetish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok yetishining yeng muhim shakllaridan biri.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 128-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilangan. Shunga koʻra, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi 2024 yil 27 oktabr yetib belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok yetish huquqiga yegadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar teng saylov huquqiga yegadir.

Saylov kodeksining 4-moddasiga muvofiq saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga yegadir.

Saylovda ishtirok yetuvchi har bir fuqaro bir ovozga yega boʻladi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir yetganlik uchun sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum yetish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok yetish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum yetilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno yetadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali taʼminlanadi.

Saylovchilar oʻz xohish-irodalarini yerkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga yegadirlar. Uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil yetib, fuqarolarga xohish-irodani yerkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar.

Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar roʻyxati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati taʼminlanadi.

Saylovchilarni saylov komissiyalari oʻz ishi toʻgʻrisida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti toʻgʻrisida xabardor yetadi, saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok yetayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradi, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar toʻgʻrisidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi maʼlumotlarni maʼlum qiladi.

Saylovchi saylovchilar roʻyxati bilan tanishish jarayonida oʻzi haqidagi maʼlumotlar xato kiritilgan yoki oʻzi istiqomat qilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan saylov uchastkasidagi saylovchilar roʻyxatiga kiritilganligini aniqlagan taqdirda, bevosita oʻzi istiqomat qilib turgan hududdagi saylov uchastkasiga borib ham murojaat qilishi mumkin.

Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashovchi oila aʼzolari va boshqa saylovchilarning roʻyxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim yetadigan maʼlumotlar asosida tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda boʻlsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikasiya ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi (davlat tilida, lotin yozuvida), tugʻilgan sanasi (yil, oy, kun – raqamlar bilan yoziladi), doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash joyi manzili va uning kadastr raqami Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan taqdim yetiladigan saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi axborotlar hisoblanadi.

Saylovchilar roʻyxatlari Saylov jarayoni boshqarish axborot tizimida Saylovchilarning yagona yelektron roʻyxati asosida saylov uchastkalari kesimida avtomatik tarzda taqsimlanadi.

Fuqarolarga Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti (saylov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali saylovchilar roʻyxatidan oʻzlariga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan, shu jumladan oʻzi ovoz beradigan saylov uchastkasi va uni joylashgan joyi haqida toʻliq maʼlumotni olishlari mumkin. Shuningdek, uchastka saylov komissiyasi binosida ham saylovchilar roʻyxati bilan tanishishlari mumkin.

Ovoz berish binolari jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning kirishiga qulay, shu jumladan ovoz berish binoning birinchi qavatida boʻlishi, avtotransport vositalari toʻxtab turish joylarida nogironligi boʻlgan shaxslarga alohida joy ajratiladi.

Uchastka saylov komissiyasi binosiga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yoʻlaklari (panduslar) boʻlishi va ular belgilangan talablarga mos kelishi kerak.

Binoga kirishda nishab yoʻlaklarini oʻrnatish imkoni boʻlmasa, kirish joyida “yordamga chaqirish” tugmasi oʻrnatiladi.

Shuningdek, saylovchilar roʻyxatida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi saylovchilar mavjud boʻlgan saylov uchastkalari optik lupalar (kattalashtiruvchi oynalar), qoʻshimcha yoritkichlar, stul hamda Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlar bilan jihozlanishi mumkin.

Koʻrishda nuqsoni boʻlgan saylovchilar uchun axborot stendlarida katta hajmdagi shriftlarda va (yoki) Brayl alifbosidagi materiallar joylashtirilishi mumkin.

Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga yega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga yega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida tugallanadi.

Ayrim saylovchilar sogʻligʻining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning saylov kuni yoki saylov kuniga qadar qilgan yozma yoki ogʻzaki iltimosiga binoan ular turgan joyida tashkil yetadi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, ushbu saylov jarayonlarida fuqarolarning saylash huquqini taʼminlash, ularga belgilangan tartib-taomillar asosida sharoitlar yaratish va saylovni ochiq, adolatli va albatta teng saylov huquqi asosida oʻtkazilishi muhim ahamiyatga yega. Chunki ushbu jarayonlar Oʻzbekistonning jahonda tutgan oʻrni, xalqaro nufuzi va imidjiga bevosita va bilvosita taʼsir koʻrsatadi.


 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov