Янгиликлар
Ish beruvchi xodimga qanday hollarda kompensasiya toʻlaydi?
Ish beruvchi xodimga qanday hollarda kompensasiya toʻlaydi?
Qonunchilikka koʻra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:
➖xizmat safarlarida boʻlganda;
➖sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga yega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;
➖ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga koʻra boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganda;
➖ish beruvchining yoʻllanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan oʻtganda;
➖ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolganda;
➖xodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan;
➖xodim foydalanmagan yillik mehnat taʼtili uchun;
➖ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensasiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov