Янгиликлар
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish
Maʼlumki, davlat oʻzining fuqarosi boʻlgan voyaga yetmagan bolani farzandlikka olishda muayyan tartib qoidalarni belgilaydi, shuningdek ayrim toifadagi shaxslarga imtiyozli huquq beradi. Aynan shunday holatlar hisobga olingan holda qonunchilikda yuqoridagi norma qoʻllanadi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlgan xorijiy davlat hududida yashayotgan bola:
- farzandlikka olinayotgan bola yetim;
- bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining qarindoshi boʻlishi;
- bolani oʻzi yashayotgan davlatda maʼlum sabablarga koʻra farzand-likka olish mumkin boʻlmagan holatlardagina Oʻzbekiston fuqarosi tomonidan farzandlikka olishga yoʻl qoʻyiladi.
Shu bilan birga, bu bolani oʻzi yashayotgan davlatda maʼlum bir sabablarga koʻra farzandlikka olish mumkin boʻlmasligi lozim. Masalan, uni farzandlikka olmoqchi boʻlgan shaxslarga farzandlikka olishda muayyan cheklovlar qoʻyilgan boʻlsa va bu bolani farzandlikka olish niyatidagi boshqa shaxslar boʻlmasligi holatlarini keltirishimiz mumkin.
Shu holatga eʼtibor qaratilishi lozimki, boshqa davlatning fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish xalqaro xususiy huquqda belgilangan tartibga rioya qilgan holda bola doimiy yashayotgan davlatning farzandlikka olishga doir qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsurti A.A.Abdugʻaffarov