Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Aliment majburiyatlarining tugatilishi


Aliment majburiyatlarining tugatilishi

 Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari quyidagi hollarda tugatiladi:

– taraflardan birining oʻlimi; – mazkur kelishuv muddatining oʻtishi;

– boshqa asoslar.

            Aliment majburiyatlari taraflaridan birining oʻlimi oʻlimning qanday asoslarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, aliment majburiyatlarining tugashi uchun asos hisoblanadi. Fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish, fuqaroning oʻlimi bilan bir xildagi huquqiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Aliment toʻlovchi bedarak yoʻqolgan deb topilganda aliment uning mol-mulkidan undiriladi. Aliment majburiyatlari boʻyicha huquq va majburiyatlari meros boʻyicha oʻtmaydi. Vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning sanasi aliment majburiyatlarini tugaganlik sanasi ham hisoblanadi.

Aliment majburiyatlari tugashining navbatdagi asosi aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv muddatining oʻtishi hisoblanadi. Qoidaga koʻra aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv muayyan muddatga yoki muddati koʻrsatilmasdan tuzilishi mumkin. Agar aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv muddati tugagan va aliment toʻlovchi yangi bitim tuzishdan bosh tortsa yoki avvalgi bitimni davom ettirishni istamasa, aliment oluvchi aliment undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli.

Sud tartibida undiriladigan aliment toʻlashni tugatish asoslari sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida belgilangan. Sudning qarori bilan voyaga yetmagan bolaga tayinlangan aliment majburiyati bola 18 yoshga toʻlishi yoki voyaga yetmagan bolaning nikohga kirishi yoki emansipatsiya munosabati bilan toʻliq muomalaga layoqatli deb topilishi bilan tugatiladi.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsurti                                               A.A.Abdugʻaffarov