Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Oʻgay ota va oʻgay onaning oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlariga taʼminot berish majburiyati


Oʻgay ota va oʻgay onaning oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlariga taʼminot berish majburiyati.

         Amaldagi oila qonunchiligi nafaqat qarindoshlar va tarbiyalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro taʼminot munosabatlarini, balki oʻgay ota va oʻgay onaning oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlariga taʼminot berish munosabatlarini ham nazarda tutadi. Xususan, voyaga yetmagan oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlar yoki voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlar, muayyan shartlar mavjud boʻlganda, oʻgay ota va oʻgay onadan taʼminot olishlari mumkin boʻlganidek, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻgay ota va oʻgay ona ham oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlardan taʼminot talab qilishga haqli hisoblanadi.

         Oила kodeksining 127-moddasida esa voyaga yetmagan oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning oʻgay ota va oʻgay onadan taʼminot talab qilishi mumkin boʻlgan quyidagi shartlar belgilangan:

  • oʻgay ota va oʻgay onaning tarbiyasida yoki taʼminotida boʻlishi;
  • ota-onasi yoʻqligi;
  • oʻz ota-onasidan yetarli mablagʻ ololmayotganligi.

Oʻgay ota va oʻgay onaning tarbiyasida yoki taʼminotida boʻlishi oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning otasi yoki onasi tomonidan oʻgay ota va oʻgay ona bilan bogʻlanishini anglatadi. Masalan, onasi boshqa erkakka turmushga chiqqan bolaga onasining eri oʻgay ota hisoblanadi yoki aksincha oʻgay ona boʻladi. Bunda onasining vafoti munosabati bilan u oʻgay otaning tarbiyasi yoki taʼminotida qolishi mumkinki, bu holatda oʻgay ota keltirib oʻtilgan shartlar mavjud boʻlganda oʻgay oʻgʻli yoki oʻgay qiziga taʼminot berishi lozim boʻladi.

Voyaga yetgan oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlar oʻgay ota va oʻgay onadan quyidagi shartlar mavjud boʻlganda taʼminot olishlari mumkin:

  • yordamga muhtoj va mehnatga layoqatsiz boʻlsa;
  • ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmasa;
  • ushbu shaxslar taʼminot uchun yetarli mablagʻ ololmasa.

Umuman olganda, oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning oʻgay ota va oʻgay onadan taʼminot olishi ularning oʻzaro kelishuviga koʻra va bunday kelishuv boʻlmasa, taʼminot olishni sud tartibida undirishlari mumkin.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsurti                                               A.A.Abdugʻaffarov