Янгиликлар
Birovni «propiska»dan qanday chiqarib tashlash mumkin?
Birovni «propiska»dan qanday chiqarib tashlash mumkin?
«Propiska» tizimida aksariyat muammoli masalalar birovni doimiy roʻyxatdan chiqarib tashlash bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, uyni oldi-sotdi qilishda doimiy roʻyxatdagi kishilarning roziligini olish kerak, ammo ushbu kishilarning hammasi ham oʻsha paytda topib boʻlmaydi. Yoki yangi sotib olingan uyda avvalgi egalari roʻyxatda qolib ketgan yoki elektron tizimlardagi texnik xatoliklar tufayli umuman begona kishilar «propiskaga kirib qolgan». Xoʻsh, shunday vaziyatlarda ularni qanday roʻyxatdan chiqarib yuborish mumkin?
Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
- respublika hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy roʻyxatga olinganda;
- mulkdor oʻzgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
- sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan, shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va koʻchirish haqidagi qarori asosida;
- xorijga doimiy yashashga ketganda;
- soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq boʻlmagan hujjatlar asosida doimiy roʻyxatga olinganligi aniqlanganda;
- umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda;
- vafot etganda.
Shuningdek, mulkdorning arizasiga koʻra – turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan kishilar ham roʻyxatdan chiqariladi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsurti A.A.Abdugʻaffarov