Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Fuqarolarni yashash xonadonlariga doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga qoʻyish tartibi.


Fuqarolarni yashash xonadonlariga doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga qoʻyish tartibi.

Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan 15 kun ichida oʻzlariga qulay boʻlgan tuman (shahar) «паспортный stol», yaʼni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtishlari shart.

Yangi tugʻilgan bolalar esa «ZAGS», yaʼni FHDYO organlari tomonidan unga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishda otasi yoki onasining doimiy yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olinadi.

Fuqaro viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi uchun tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari yoki maxsus portalga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

·         mulkdor arizasi (yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmasa);

·         roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;

·         nikoh tuzilganligi yoki bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar (shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv).

Kishilarni viloyatlarda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uning doimiy roʻyxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida koʻrsatilgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlari markazi yoki maxsus portal orqali xizmat koʻrsatilganda, zarur maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadi.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsurti                                               A.A.Abdugʻaffarov