Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Elektr va tabiiy gaz uchun ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya beriladi


Elektr va tabiiy gaz uchun ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya beriladi

         2024 yil 1 iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha oylik maʼlumot «bazaviy meʼyor» va undan ortiq hajmlar kesimida isteʼmolchilarga yuboriladi.

         Isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar beriladi:

- noyabrda 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam;

- elektr va gaz boʻyicha bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

- gaz uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

- elektr uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun toʻlovlar oktyabr oyidan boshlab toʻlanadi.

Ehtiyojmand oila sifatida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

«Mahalla yettiligi» tomonidan Yagona reestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning esa qoʻshimcha roʻyxati shakllantiriladi.

Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Bunda, arizada pasport maʼlumotlari, abonent raqami va telefon raqami koʻrsatiladi.

Ariza berilgan oyning 27-sanasigacha «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududgaz-taʼminot» AJ bilan birgalikda oʻrganiladi.

Oʻrganish natijasi asosida kompensatsiya pullari ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha ehtiyojmand oilalarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Hokimliklar Xalq banki bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga muvofiq 2024 yil 1 noyabrgacha bank plastik kartasi boʻlmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini taʼminlaydi.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsurti                                               A.A.Abdugʻaffarov