Янгиликлар
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash
Litsenziya nomi: Veterinariya faoliyati uchun litsenziya
Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), filiallari (mavjud bo‘lsa, har birining manzili alohida ko‘rsatilishi shart), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:
familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlar (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) arizaga yakka tartibdagi tadbirkorlar veterinariya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomidan yoki uning ko‘chirmasidan nusxa ham ilova qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 ish kuni
Litsenziyaning amal qilish muddati:
cheklanmagan.
Ohangaron shahar adliya bo'limi DXM direktori A.Pardabaev