Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mehnat arbitraji nima?


                                            Mehnat arbitraji nima?

Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha organdir. Vaqtinchalik mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan mazkur jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha tegishli davlat organi bilan birgalikda tuziladi.

Vaqtinchalik mehnat arbitrajining tarkibi va reglamenti ish beruvchining (ish beruvchilar vakilining), xodimlar vakilining hamda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo‘yicha davlat organining qarori bilan belgilanadi. Doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitrajida jamoaviy mehnat nizosini hal qilish (tartibga solish) uchun mehnat arbitrajining tarkibini shakllantirish tartibi hamda uning reglamenti tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya tomonidan tasdiqlanadigan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitraji to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. 

 

Bekobod shahar Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti: Djurayeva Dildara Adxambayevna