Янгиликлар
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ta’rifini o‘zgartirish mumkinmi?
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ta’rifini
o‘zgartirish mumkinmi?
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifi noto‘g‘ri deb yoki qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud ushbu ta’rifni o‘zgartiradi va qarorda mehnat shartnomasini bekor qilish asosini qonunchilikka qat’iy muvofiq ravishda qonunning tegishli moddasiga (qismiga, bandiga, xatboshiga) havola qilgan holda ko‘rsatadi.
Sud qonunchilikda nazarda tutilgan kafolatlarni berish to‘g‘risidagi va xodimga tegishli ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani bir vaqtning o‘zida hal qiladi.
Agar sud mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifi xodimning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadi deb topsa, unda sud xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni uning talabiga ko‘ra kompensatsiya qilish masalasini hal etadi.
Bekobod shahar Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi bosh yuriskonsulti: Djurayeva Dildara Adxambayevna