Янгиликлар
Umumtaʼlim maktab oʻqituvchilarining dars soatlarini olishlarida belgilangan ustuvorliklar.
Umumtaʼlim maktab oʻqituvchilarining dars soatlarini olishlarida belgilangan ustuvorliklar.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomga asosan, umumtaʼlim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, har yili 15 sentyabrga qadar oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;
pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.
Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
Yuqoridagi koʻrsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi YUXKM bosh yuriskonsulti J.Norqoʻziyev