Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.


Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

 

      Qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:

       2025 yil 1 yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

       2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

        2025 yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

       Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:

         kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;

          tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

 

Bekobod shahar Adliya boʻlimi YUXKM bosh yuriskonsulti J.Norqoʻziyev