Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Kredit tarixi nima?


                                                               Kredit tarixi nima?

Kredit tarixi – bu sizning qayerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday toʻlaganingiz toʻgʻrisida batafsil maʼlumot, yaʼni bu sizning qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizomingiz aksidir.

Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit maʼlumotlari almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan (https://lex.uz/docs/1878083) kredit tarixi qarzdorning soʻnggi besh yil ichidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olib, quyidagilarni aks ettiradi:

qarzdor toʻgʻrisida;

joriy va yopilgan kreditlar, tovar kreditlari qiymati, rasmiylashtirilgan sanasi, muddati va qoldigʻi toʻgʻrisida;

muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻgʻrisida;

joriy va yopilgan kreditga qoʻyilgan garov mulki va mulk egasi toʻgʻrisida;

sud jarayonidagi kreditlar toʻgʻrisida;

kredit tarixi shakllangan sana va uni tayyorlagan tashkilot toʻgʻrisida.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat

koʻrsatish markazi boshligʻi                                   Nizomiddin Tursunov.