Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Huquqshunosga savol:


Huquqshunosga savol: Xodim ayol xomilodor, biroq oʻziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarolmayapti, raxbar tomonidan kayta kayta ogoxlantirish berildi, lekin foydasi bulmayapti, boshka joyga utkazishni xam imkoni yuk, shu xolatda xodimni kanaka kilib mexnat shartnomasini bekor qilsa buladi. Mehnat kodeksining 408-moddasiga koʻra, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno. Yaʼni bu degani homilador ayol oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzsa yoki oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzgan taqdirda ham, homilador ayol bilan MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas.

Bu degani homilador ayolga umuman intizomiy jazo qoʻllab boʻlmaydi degani emas. Ish beruvchi mehnat intizomini buzgan homilador ayolga MK 312-moddasidagi hayfsan, oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima, agar ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan holatlarda esa xodimga oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima jazolarini qoʻllashi mumkin. Faqatgina mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) tarzidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli emas.

Diqqat! Jinoyat kodeksi 148-moddasi 2-qismiga koʻra, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                                         N.U.Tursunov