Янгиликлар
Transport boshqaruvchi xaydovchi “xodimlar”ga yangilik
Transport boshqaruvchi xaydovchi “xodimlar”ga yangilik
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida transport xodimlari uchun alohida modda, yaʼni 500-modda ajratildi.
Bunga koʻra, transport xodimlari ishga qabul qilinish chogʻida dastlabki va ish jarayonida, yaʼni davriy majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtishi aniq qilib belgilab qoʻyilmoqda.
Lekin asosiy yangilik, 500-moddaning 4-qismida turibdi, yaʼni:
“transport xodimlariga transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishda oʻrindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi”.
Shunday qilib, kelasi yil 30 apreldan boshlab transport vositalarini yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqaradigan ishlarda oʻrindoshlik asosida ishlash taʼqiqlanadi.
Nurafshon shahar YUXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qoʻziyev