Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer solig’idan ozod qilinadi


Qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer solig’idan ozod qilinadi

 

Qonunchilikka koʻra, umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etilishi belgilangan:
           ushbu qurilmalar boʻyicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda boʻyicha — foyda soligʻini;

uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini.

Agar qurilmalar oʻrnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam boʻlmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qoʻllaniladi.