Янгиликлар
OTM da o’qib turib, mehnat shartnomasini tuzish tartibi.
OTM da o’qib turib, mehnat shartnomasini tuzish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasiga “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom 61-bandiga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (yarim stavkadan ortiq bo‘lmagan hajmda) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.
Loyihada kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga bunday cheklov o’rnatilayotgani amaldagi mehnat qonunchiligiga ham zid! Kunduzgi ta’lim shaklida o’qiyotgan talaba o’qishdan bo’sh vaqti, agar tashkilotdagi ish vaqti rejimi to‘g‘ri kelsa, 1 stavka ishlashga haqli deb hisoblayman. Chunki Mehnat kodeksida bu borada biror bir taqiq yo’q.
MK 193-moddasiga ko‘ra, xodim va ish beruvchi o‘zaro kelishib moslashuvchan ish vaqti rejimini belgilab olishlari mumkin.
MK 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev