Янгиликлар
Boquvchini yo‘qotgan oilalarga to’lovlar.
Boquvchini yo‘qotgan oilalarga to’lovlar.
Boquvchining yo‘qotilgan ish haqi o‘rnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik to‘lovlar Mehnat kodeksining 331-moddasiga binoan, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga nisbatan ziyonning miqdori marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushni va uning qaramog‘ida bo‘lgan, ammo ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi. Ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan shaxslarning har biriga nisbatan ziyonning o‘rnini qoplash miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ushbu shaxslarning barchasiga to‘g‘ri keladigan qismi ularning soniga bo‘linadi.
Misol uchun, agar konda vafot etgan xodimning ikki nafar farzandi, nogironligi bo‘lgan xotini bo’lsa, xodim tirikligida o’rtacha 7 million so’m ish haqi olgan bo’lsa, ana shu summa oila a’zolari soni ya’ni 4 ga bo’linadi. Natija 1 million 750 ming so’mni vafot etgan xodimning ulushini chegirgan holda uning oila a’zolari soni 3 ga ko’paytiriladi. Shunda oila a’zolarga 5 million 250 ming so’m to’lanadi.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev