Янгиликлар
Mehnat intizomini buzib ishdan bo’shagan xodimlarni ishga olish tartibi.
Mehnat intizomini buzib ishdan bo’shagan xodimlarni ishga olish tartibi.
MK 125-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
O‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzib ishdan bo’shagan xodimni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ishga olish mumkin.
Lekin qonunchilikda ayrim istisnolar ham mavjud. Masalan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun 44-moddasiga ko‘ra, ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek, qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar aynan maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas ekan. Boshqa lavozimlarda ishlashga esa cheklov belgilanmagan.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev