Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ish joyi qisqartirilganda xodim qay tartibda ogohlantiriladi.


Ish joyi qisqartirilganda xodim qay tartibda ogohlantiriladi.

 

          O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda qabul qilingan 288-sonli buyrug’iga muvofiq maktablarda psixolog, kutubxonachi, laborantlarga ogohlantirish xatlari berila boshlandi. Ogohlantirish xatini qonunchilik talablariga rioya qilgan holda rasmiylashtirish muhim ahamiyatga ega. Ko’plab murojaatlarni e’tiborga olib, Sizlarga qonunchilik talablari bo’yicha to’g’ri rasmiylashtirilgan ogohlantitish xati namunasini taqdim qilamiz.

Ogohlantirish xati quyidagilarni ham o’z ichiga olgan:

Mehnat kodeksining 144-moddasida keltirilgan talablarni inobatga olgan holda, xodimga hozirgi kunda tashkilotda bo‘sh bo‘lgan ish o‘rinlaridan birini tanlab, unga o‘tib ishlash taklifi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 2-bandi bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganda moddiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha kafolatlari.

Xodimning ogohlantirish xati bilan tanishtirilganligi va unga taqdim etilgani, biroq ogohlantirish xatining nusxasiga imzo qo‘yishdan hamda unga taklif qilingan boshqa ishdan bosh tortganligi haqida dalolatnoma ham ilova qilingan.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                            A.Fayziyev