Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O’rindoshlik asosida mehnat shartnomasini tuzish tartibi.


O’rindoshlik asosida mehnat shartnomasini tuzish tartibi.

 

      MK 435-moddasiga ko’ra, o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy ish to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki o‘rindoshligi chog‘ida xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.

Ichki o’rindosh xodimga intizomiy jazo qo’llanilsa, asosiy ish joyidan rag‘batlantirish choralarini olaveradi. Chunki, o’rindoshlikda, shu jumladan ichki o’rindoshlikda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar alohida mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.

Bundan tashqari, MK 200-moddasiga ko’ra, ishlab berilgan vaqt tarkibida ish vaqtidan tashqari ishlarning, ishbay asosida ishlaydiganlarning vaqti-vaqti bilan bajariladigan ishining, xizmat safarlarining va ichki o‘rindoshlikka doir ishning vaqti alohida hisobga olinadi.

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi