Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar hamda mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni berish tartibi.


Mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar hamda mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni berish tartibi.

     MK 299-moddasi 4-qismiga ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.

KPI bo’yicha nadbavka, ustama rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi hamda intizomiy jazosi bor xodimlarga ham taqdim qilinadi. Lekin tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to’lamaslikni nazarda tutilishi mumkin.

      Demak, bundan xulosa qilamizki, agar tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida alohida qoida belgilanmagan bo’lsa, intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar to’lanadi.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                            A.Fayziyev