Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to’lash tartibi.


Ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to’lash tartibi.

 

       Prezidentning 12.12.2018 yildagi «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjatga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.

Oylik masalasiga kelsak, pensiyaga chiqqan xodim birovning o'rniga ishga kirsa 30 foiz oylik oladi degan norma yo'q, ish beruvchining harakatlari noqonuniy. Ushbu vaziyatda uchta holat bo'lishi mumkin:

1. Agar onagiz dekretga chiqqan ayolni o'rniga to'liq stavkada ishga kirgan bo'lsa unda onagiz 100 foiz ish haqi olishi kerak. Bunga Mehnat kodeksining 182-moddasi asos bo'ladi.

2. Agar onagiz o'sha dikretga kirgan ayolni o'riniga to'liqsiz ish vaqti asosida ishga kirgan bo'lsa, stavka miqdoriga qarab yarim stavka bo'lsa 50 foiz, 0,3 stavka bo'lsa 30 foiz va hakozo ish haqi oladi. Bu mehnat kodeksini 186-moddasida belgilangan.

3. Agar onagiz o'sha joyda oldindan ishlab ya'ni asosiy ishda bitta lavozimda ishlaydi, bundan tashqari dekretga ketgan ayolni o'rnini esa qo'shimcha tarzda 116-moddaga muvofiq egallagan bo'lsa, budjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to'lanadi. Bu Mehnat kodeksini 259-moddasida belgilangan. Agar xususiy tashkilotda ishlasa ish beruvchi xohishiga ko'ra ko'proq foizda ham to'lanishi mumkin.

Xulosa, onagizni mehnat shartnomasini ko'ring, agar ishga kirayotgan paytda 0,3 stavka etib ishga qabul qilingan bo'lsa, unda 30 foiz oylik olishi qonuniy bo'ladi. Bunda onagiz kun davomida 8 soat emas, bir kunda uzog'i bilan 3 soat ishlab uyga qaytishi kerak.

Agar shunchaki pensiyaner bo'lganligingiz uchun 30 foiz ish haqi beramiz lekin kuniga 8 soat, haftasiga 40 soat olasiz desa bu noqonuniy hisoblanadi.

Shu harakati uchun Ma'muriy javobgarlik kodeksi 49-moddasiga asosan, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                            A.Fayziyev