Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlik.


Intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlik.

 

         MK 300-moddasiga ko’ra, intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish (ushbu Kodeks 301-moddasining ikkinchi qismi) sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

MK 301-moddasiga ko’ra, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi.

Agar xodimning o‘z mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa (xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar ta’minlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, Sizga intizomiy qo’llash noto’g’ri hisoblanadi. Aynan elektron tizim ishlamay qolib, ijro vaqti o’tib ketganligi sababli xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                            A.Fayziyev