Янгиликлар
Xususiy tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlarga ijtimoiy ta’tillarni berish tartibi qanday?
Xususiy tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlarga ijtimoiy ta’tillarni berish tartibi qanday?
Xususiy tashkilotlar ham "dekret ta'tili" berishga majbur. Mehnat kodeksinining 237-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:
- homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);
- bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);
- o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);
- ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).
Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili va boshqa ijtimoiy ta’tillar ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ya’ni xususiymi, budjet tashkilotimi taqdim qilinadi va “dekret puli” to’lab beriladi.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev