Янгиликлар
30
Bolaga to‘lanadigan alimentdan tashqari ona ta’minoti uchun to‘lanadigan ta’minotningeng kam miqdori qancha?
Bolaga to‘lanadigan alimentdan tashqari ona ta’minoti uchun to‘lanadigan ta’minotningeng kam miqdori qancha?
Oila kodeksining 118-moddasiga ko‘ra, sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida sobiq turmush o‘rtog‘idan o‘zining ta’minoti uchun moddiy ta’minot olishi mumkinligi belgilangan.
Mazkur kodeksning 119-moddasida esa, ona o‘zining ta’minoti uchun oladigan ta’minotining eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi lozimligi belgilangan.
Ushbu ta’minotning eng ko‘p miqdori esa qonunchilikda belgilanmagan. Bunday ta’minotni undirish bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan sud javobgar tarafning to‘lovga qobiliyatini va uning moddiy ahvolini xisobga olgan holda mazkur ta’minot miqdorini mustaqil belgilaydi.
Bekobod shahar YuXKM bosh yuriskonsulti: D.A.Djuraeva