Янгиликлар
Uyimin sotish uchun ayolimni roziligi kerakmi?
Uyimin sotish uchun ayolimni roziligi kerakmi?
Oila kodeksining 24-moddasiga asosan er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bog‘liq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga ko‘ra amalga oshirilayotganligini anglatadi.
Er (xotin) o‘zining nomiga rasmiylashtirgan umumiy ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Ko‘rsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi 6-sonli «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 22-bandiga asosan agar oilaviy munosabatlar va umumiy xo‘jalik yuritilishi amalda tugagandan so‘ng er-xotin birgalikda mulk orttirishmagan bo‘lsa, sud OK 27-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, har bir er yoki xotin tomonidan ular alohida yashagan davrda topilgan mol-mulkni ulardan har birining mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan umumiy xo‘jalik yuritilishi to‘xtatilgan vaqtga qadar topilgan mol-mulkni bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Oila kodeksining 47-moddasiga ko‘ra nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.
Demak, bu vaziyatda xotini eri bilan birga notriusga borib rozilik xati (mulkni tasarruf etishga qarshiligi yo‘qligi haqida) yozib bersa bo‘ldi.
Bekobod shahar YuXKM bosh yuriskonsulti: D.A.Djuraeva