Янгиликлар
Umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka asosan mehnat haqidan sud qarorisiz hamda xodimning roziligisiz ushlab qolish
Umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka asosan mehnat haqidan sud qarorisiz hamda xodimning roziligisiz ushlab qolish mumkin bo‘ladimi?
MKning 269-moddasi Mehnat haqidan ushlab qolish
Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
1) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun (soliq kodeksi 23-modda);2) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro yetish uchun;3) ish haqi oldindan to‘langan holatlarda yoki xizmat safaririga borish kelish oldindan to‘langada mazkur to‘langan summadan ortib qolishi ushlab qolinadi.4) hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, — ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 89-moddasining to‘rtinchi qismida, 100-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlari, 106-moddasining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek o‘qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;5) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa; 6) ushbu Kodeksning 181-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan jarimani undirish uchun.
Ish haqini ushlash 50 % dan ortib ketmasligi kerak biroq cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq yetilmaydi. Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori 70 % dan ortib ketmasligi lozim.
Bekobod shahar YuXKM boshlig‘i: N.U.Tursunov