Янгиликлар
Mehnat qonunchiligida xodimlarning sog‘ligini muhofaza qilish bo‘yicha imtiyozlar belgilangan. Aytingchi, agar ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimga qanday huq
Mehnat qonunchiligida xodimlarning sog‘ligini muhofaza qilish bo‘yicha imtiyozlar belgilangan. Aytingchi, agar ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimga qanday huquqlar vujudga keladi va buning mehnat shartnomasi ta’siri qanday?
MKning 189-moddasiga ko‘ra xodimning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi to‘liq hajmda to‘lashi shart. Xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda mayib bo‘lishi, shuningdek ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar bo‘ladi. Mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli xodimga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uning aybi bilan kelib chiqmaganligini isbotlab berolmasa, to‘lashi shart. O‘z mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtida yuqori xavf manbai natijasida xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uni bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, to‘lashi shart. Xodimga jarohat yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilganda jabrlanuvchining olgan yoxud olishi mumkin bo‘lgan yo‘qotgan ish haqi (daromadi) to‘lanadi. jarohat olishi tufayli tayinlangan nogironlik pensiyasi to‘lanadi. Yetkazilgan zarar miqdorida pul olish huquqi (zarar miqdori sud tomonidan belgilanadi) Yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi jabrlanuvchiga, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)dan tashqari, mehnat jarohati tufayli qilingan qo‘shimcha xarajatlarni ham to‘lashga majbur.
Bekobod shahar YuXKM boshlig‘i: N.U.Tursunov