Янгиликлар
Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida aks ettiriladigan tartib
Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida aks ettiriladigan tartib qoidalarni aniq ko‘rsatib o‘ting.
Tashkilotda Ichki mehnat tartibi qoidalari belgilanganligi va xodimlar belgilangan tartibda tanishtirilganligi ularning mehnat intizomini buzgan holda xodimga to‘g‘ri va qonuniy intizomiy javobgarlik belgilashga asos xujjat hisoblanadi. Ichki mehnat tartibi qoidalari – O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning birgalikdagi mehnatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat. Ichki mehnat tartibi qoidalarining asosiy maqsadi xodimlarni mehnatga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash, mehnat intizomini yanada mustahkamlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil yetish, ish vaqtidan oqilona foydalanish, yuqori ish sifatiga yerishish. mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.Namunaviy Ichki mehnat tartibi qoidalari asosida vazirliklar va idoralar tegishli markaziy (respublika) kasaba uyushmalari qo‘mitalari bilan kelishib, xalq xujaligining muayyan tarmog‘i xususiyatlariga tatbiqan tarmoqlarning Ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqadi. Xodim ishga qabul qilinayotganda ish beruvchi uni mazkur qoidalar bilan tanishtirmog‘i shart. Ichki mehnat tartibi qoidalarida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: korxonadagi ish vaqti rejimi xususiyatlari, xodimlarni ishda yerishgan yutuqlari uchun rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash tartibi, mehnatga haq to‘lash tizimi va muddatlari, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish turlari (ustamalar, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va h.k.), mehnat sharoiti noqulay ishlar ro‘yxati va boshqalar.
Bekobod shahar YuXKM boshlig‘i: N.U.Tursunov