Янгиликлар
Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga nisbatan hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish kabi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli. Mazkur intizomiy jaz
Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga nisbatan hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish kabi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli. Mazkur intizomiy jazolarni qo‘llash asoslari, muddatlari va tartibini aniq ko‘rsatib bering.
Intizomiy jazolarni qo‘llash asoslari MKning 312-moddasiga
Hayfsan o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima (ayrim hollarda 50 % miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin jamoa shartnomasida belgilangan bo‘lsa) mehnat shartnomasini bekor qilish Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi. Nojo‘ya xatti-harakat sodir yetilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish yetish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda yesa, — sodir yetilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi. Xodimning nojo‘ya xatti-harakati to‘g‘risida asoslantiruvchi xolat va xolislar ishtiroqida tuzilgan dalolatnoma. Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.(tushuntirish berishdan bosh tortganligi to‘g‘risida dalolatnoma)
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.(tilxat yozib tanishishni rad qilsa tegishli tartibda dalolatnoma tuziladi).
Bekobod shahar YuXKM boshlig‘i: N.U.Tursunov