Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

2020 yil 20 oktyabrda qabul qilingan O‘RQ-642-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonunning «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonundan farqli jihatlarini tahlil qiling.


2020 yil 20 oktyabrda qabul qilingan O‘RQ-642-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonunning «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonundan farqli jihatlarini tahlil qiling.

O‘zbekiston Respublikasining aholi bandligi to‘g‘risidagi 2020 yil 28 aprelda qabul qilingan qonunining maqsadi - aholi bandligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek mazkur Qonunning 17-bobiga muvofiq mehnat faoliyatiga jalb etiladigan chet ellik fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan qonuni - bozor iqtisodiyoti va mulkchilikning turli shakllari teng huquqliligi sharoitida insonning ishli bo‘lish huquqlarini ro‘yobga chiqarishning tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlarini belgilab beradi. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalarini va xalqaro qoidalarni hisobga olgan holda aholini ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgandir.

O‘zbekiston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlar

Aholini ish bilan ta’minlashga oid munosabatlar mazkur Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi aholisini ish bilan ta’minlash odamlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.

Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mutlaq huquqlaridir.

Mehnat qilishga ma’muriy yo‘l bilan biron-bir shaklda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. Odamlarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi.

Boshqa davlatlarning respublika hududida vaqtincha turib, diplomatik vakolatxonalar faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajaruvchi fuqarolari ham ish bilan ta’minlangan aholi jumlasiga kiradi.

 

Bekobod shahar YuXKM boshlig‘i:                N.U.Tursunov