Янгиликлар
O‘bekiston Respublikasi Mehnat kodeksida - Xodimlar uchun mehnat huquqlarning va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi deb mustaxkamlangan. Ushbu normaning mazmunini muxokama qiling.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida - Xodimlar uchun mehnat huquqlarning va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi deb mustaxkamlangan. Ushbu normaning mazmunini muxokama qiling.
Mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish usulidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlarda xodimlar hamda ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari davlat qonun xujjatlari bilan bir qatorda ularning o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan lokal me’yoriy hujjatlar bilan ham tartibga solinadi.
Lokal me’yoriy hujjat ish beruvchi tomonidan yoki xodimlar vakillik organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan va amalga kiritiladigan yuridik hujjat bo‘lib, korxona xodimlari uchun mehnat qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan afzalroq sharoitlarni belgilaydi, konxonaning, kasbning, lavozimning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra xodim majburiyatlarini aniqlashtiradi, maxsus tartib-qoidalarni belgilaydi, qonundagidan yaxshiroq imtiyoz va qo‘shimcha kaqolatlarni nazarda tutadi.
Lokal me’yoriy hujjatlarga nisbatan muayyan talablar qo‘ilgan bo‘lib, ular Konstitutsiya va boshqa mehnat qonun hujjatlari normalariga zid kelmasligi, xodimlar ahvolini qonundagidan yomonlashtirib yubormasligi, xodim sha’ni va qadr-qimmatini poymol etilishiga olib kelmasligi lozim. Basharti, mazkur talablar buzilsa, bunday lokal hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi va qo‘llanilishi mumkin emas.
Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi lokal me’yoriy hujjat sifatida ish beruvchi va xodimlarning vakolatli organlari tomonidan qonunda belgilab qo‘ilgan tartibga muvofiq qabul qilingan bo‘lishi lozim.
Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlarida konxonaning boshqa lokal me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish tartiblari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Ish beruvchi va xodimlar vakillik organi tomonidan birgalikda qabul qilingan me’yoriy hujjat ikkinchi taraf xohishi hisobga olinmagan holda bir tomonlama bekor qilinishi yoki unga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
Lokal me’yoriy hujjatni qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qiritish yoki uni bekor qilish xususida taraflar o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan taqdirda bunday nizolar kelishtirish protsedurasi orqali yoki sudga murojaat qilish yo‘li bilan hal etiladi.
Bekobod shahar YuXKM boshlig‘i: N.U.Tursunov