Янгиликлар
30
“Zagranpasport” necha yil muddatga beriladi?
“Zagranpasport” necha yil muddatga beriladi?
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʼgʼrisida"gi Nizomning 7-bandiga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
tugʼilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga;
25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.
Аmal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʼish punktiga topshiriladi.
Аmal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qoʼyilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining soʼroviga koʼra maʼlumotlarni yigʼish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qoʼyilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi.
Ohangaron shahar adliya
bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev