Янгиликлар
FHDYo organi nikohdan ajratishi mumkin
FHDYo organi nikohdan ajratishi mumkin
Oʼzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) boʼlmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi arizani qabul qiladi. Аgar xotin homilador boʼlsa nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi arizani qabul qilish rad etiladi.
FHDYo organi er-xotinni yarashtirish boʼyicha tegishli choralar koʼrish uchun nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay bu haqida er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʼinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʼlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʼinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ohangaron shahar adliya
bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev