Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH (FHDY) ORGANLARI HAQIDA MA`LUMOTLAR


      FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH (FHDY)

                         ORGANLARI HAQIDA MA`LUMOTLAR

 

    Tug`ilganlik haqida guvohnoma - bu bolaning tug`ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.

    Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma – bu nikohdan o`tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o`rtasida o`zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjat hujjatdir.

   Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma – nikohda bo`lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

   O`lim to`g`risidagi guvohnoma – shaxsning o`limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

   Tug`ilish va o`limning o`z vaqtida qayd etilishi, tug`ilganlik to`g`risidagi tibbiy ma`lumotnomaning, shuningdek perinatal o`lim va o`lim haqidagi tibbiy ma`lumotnomaning to`g`ri va aniq to`ldirilganligi uchun mas`uliyat O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash muassasalarida tuman va shahar sog`liqni saqlash bo`limlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

Asos: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023 yildagi 550-son qarori

 

 

Ohangaron shahar adliya

bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti                                                B.Hamroyev